English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhokama markazida nodavlat sport-ta’lim muassasalari masalasi
10:02 / 2022-07-22

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Nodavlat sport-ta’lim muassasalarida olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash va ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga muvofiq, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib hamda sovrindor bo‘lgan sportchilar tomonidan bildirilgan takliflar asosida nodavlat sport-ta’lim muassasalarini tashkil etish masalasi ilgari surilgan edi.

Xo‘sh, o‘tgan davr mobaynida mazkur qarorning tegishli bandlari qay darajada bajarildi? Joylarda qaror ijrosini ta’minlash masalasida qanday ishlar amalga oshirildi?

Sportni rivojlantirish vazirligida ushbu masalalarning ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov hamda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib hamda sovrindor bo‘lgan sportchilar, mutaxassislar ishtirok etgan yig‘ilishda qarorning mazmun-mohiyati, uning ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.  

Tadbirda hududlarda istiqomat qiladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib hamda sovrindorlari “ZOOM” platformasi orqali qatnashib, nodavlat sport-ta’lim muassasalarini tashkil etish bo‘yicha qarorda ilgari surilgan masalalarning dolzarbligi, bu, iqtidorli sportchilarni seleksiya qilish tizimi, mahoratli trener-mutaxassislarni tayyorlashda sog‘lom raqobatni vujudga keltirishda muhim ahamiyat kasb etishi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

Shuningdek, muhokamalar davomida qayd etilgenidek, nodavlat sport-ta’lim muassasasi faoliyatini olib borish uchun davlat tasarrufida bo‘lgan zarur bino va inshootlarni 2024 yil 1 yanvarga qadar ijara to‘lovlarisiz foydalanishga topshirilishi mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport tizimi, matonatli sportchilarni tayyorlash infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqadi.

 

T.Ro‘ziyev, O‘zA