Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhojirlar Guantanamoga yetkazildi
16:58 / 2025-02-05

Noqonuniy muhojirlar o‘tirgan birinchi samolyot AQSHdan Guantanamo tomon uchib ketdi, deya xabar tarqatdi ABC telekanali Qurolli kuchlar Transport qo‘mondonligi rasmiysiga tayanib.

Avvalroq Amerika ommaviy axborot vositalari 300 dan ziyod amerikalik askar va dengiz piyodasi noqonuniy migrantlarni joylashtirish uchun harbiy bazani tayyorlayotgani, vaqtincha hibsda ushlab turish chodirlar o‘rnatilayotgani haqida yozgan edi.

– Muhojirlarni Guantanamo qamoqxonasiga olib boradigan ilk samolyot allaqachon yo‘lga chiqib, seshanba kuni kechqurun manzilga qo‘ndi, – deyilgan telekanal saytida e’lon qilingan maqolada. – C-17 havo kemasi kam sonli migrantlarni olib, Texasning El-Paso shahridan havoga ko‘tarilgan.

Prezident Donald Tramp avvalroq Pentagon va Milliy xavfsizlik departamentiga eng xavfli noqonuniy muhojirlarni saqlash uchun ushbu mashhur harbiy bazada 30 ming kishilik immigratsiya markazi tayyorlashni ko‘zda tutuvchi farmonni imzolagan edi.

Kubaning Guantanamo qamoqxonasida xuddi shu nomdagi AQSH harbiy bazasi joylashgan bo‘lib, o‘sha joyda 2001 yil 11 sentyabrdagi xurujlardan keyin xalqaro terrorchilar uchun qamoqxona ochilgan. Tez orada muassasa mahbuslar sudsiz ushlab turilgani va qiynoqqa solingani uchun huquq himoyachilari tanqidiga uchragan. Qamoqxonada jami 800 ga yaqin odam saqlangan.

10 yildan ko‘proq vaqt avval sobiq Prezidenti Barak Obama Guantanamoni yopish to‘g‘risida farmon chiqargan. Afsuski, Kongress tashabbus moliyalashtirilishini ma’qullamagani uchun hujjat ijro etilmay qolgan. Keyingi rahbar Donald Tramp farmonni rasman bekor qilsa-da, ob’ektga yangi mahbus keltirilmagan. Jo Bayden ma’muriyati hibsxonani yopish istagini bildirgan, ammo Trampning yangi muddati boshlanishiga qadar turmada hali 15 nafar mahbus qolgan edi.

S.Rahimov, O‘zA