Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda 430 dan ortiq biotexnik tadbir o‘tkazildi
11:26 / 2026-02-05

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufidagi barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yovvoyi hayvonlarni saqlab qolish, tiklash va ko‘paytirish, ularning yashash muhiti, ko‘payish joylari va migratsiya yo‘llarini asrash, ovchilik va baliqchilik xo‘jaliklari mahsuldorligini oshirish maqsadida biotexnik tadbirlar tashkil etiladi.

Qish faslida yovvoyi hayvonlarning ozuqa topishini osonlashtirish maqsadida  joriy yilda ham (METH) ozuqa nuqtalari tashkil etilgan bo‘lib, mazkur hududlarda biotexnik tadbirlar boshlab yuborilgan.

Muhofaza hududlaridagi mavjud hayvonot dunyosini asrash, ularning qishdan talafotsiz chiqishiga yordam berish maqsadida 313 ta yem oxuri, 300 ta suv oxuri, 236 ta tuz qo‘yish nuqtalari hamda 228 ta qo‘shimcha oziqlantirish nuqtasi yo‘lga qo‘yilgan. 2025-2026 yillar davomida qish mavsumlarida hozirga qadar 433 marta biotexnik tadbir amalga oshirilgan bo‘lib, arpa, bug‘doy, omuxta yem, kepak, tuz, beda va somon presslari hayvonlar uchun tarqatilgan.

Jumladan, Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar Departamenti tizimidagi qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘lari hamda pitomniklar tomonidan jami 43 ming 495 kg. omuxta yem, 13  ming 130 ta dag‘al xashak, 2 ming 85 kg. tuz hamda 2 500 kg.dan ortiq boshqa turdagi ozuqa mahsulotlari zaxira qilinib, biotexnik tadbirlar davomida tarqatib kelinmoqda.

Bu kabi biotexnik tadbirlar yovvoyi fauna vakillarini muhofaza qilish va bu orqali bioxilma-xillikni asrab, ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA