Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhimi xavfsizlik
10:25 / 2026-01-07

“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali hisobida 188477 dona maishiy gaz balloni mavjud bo‘lib, shundan 166 863 tasi iste’molchilarga vaqtincha foydalanish uchun shartnoma asosida tarqatilgan.

Ajratilgan suyultirilgan gazni to‘liq hajmda, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya amal qilgan holda yetkazib berish maqsadida gaz ballonlari har besh yilda Buxoro tumanida joylashgan va Vobkent, Qorako‘l tumanlaridagi gaz to‘ldirish shoxobchalarining maishiy gaz ballonlarini ta’mirlash hamda sinovdan o‘tkazish sexlarida sinovdan o‘tkaziladi. 

Kuniga har bir sinov sexida o‘rtacha 65-70 dona maishiy gaz ballonlari sinovdan o‘tkazildi, muddati muhrlanib berildi. Ta’kidlash lozim, 2025 yilda umumiy hisobda 54 712 dona gaz balloni sinovdan o‘tkazildi. 

– Aholi xavfsizligini ta’minlash bugun asosiy maqsad ekan, joylarda bu borada targ‘ibotlarga alohida e’tibor berib kelamiz, – deydi “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali bo‘lim boshlig‘i Aziz Rasulov. –Ayniqsa, gaz ballonlaridan noto‘g‘ri foydalanib kelayotgan iste’molchilarga tushuntirishlar berib, mavjud muammolarni ham bartaraf etishga ahamiyat qaratyapmiz. Viloyatda 167 mingdan ortiq gaz iste’molchisi yashaydi. Nosoz gaz ballonlari zudlik bilan sexlarda ta’mirlab, aholiga yetkazib beryapmiz. Muhimi,  xavfsizlikni ta’minlash.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.