Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhim vazifalar belgilab olindi
15:44 / 2023-05-25

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashining XII konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Partiya viloyat kengashi faollari, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatlari, partiyaning tuman, shahar kengashlaridan saylangan delegatlar ishtirok etgan konferensiyada partiya viloyat kengashining muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovlardagi ishtiroki borasidagi vazifalari hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining XI s’ezdiga delegatlar saylash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

[gallery-12057]

Birinchi masala yuzasida O‘zLiDeP Andijon viloyati kengashi raisi Xurshidaxon Xalilovaning ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib, yanada erkinlashtirish bo‘yicha qator ishlar olib borilayotganligi, xususan, tadbirkorlar faoliyati ustidan turli tekshiruvlar o‘tkazilishiga chek qo‘yilganligi, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari tubdan soddalashtirilganligi ta’kidlanib, mazkur jarayonlar, umuman, islohotlarni amalga oshirilishida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faol ishtirok etib kelayotganligi aytib o‘tildi.  

Shuningdek, partiya viloyat kengashi rahbari joriy yil 9 iyul kuni mamlakatimizda muddatidan ilgari o‘tkaziladigan Prezident saylovi, saylovga tayyorgarlik, targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini samarali tashkil etish  xususida gapirdi. Mazkur jarayonda partiya viloyat kengashi oldidagi muhim vazifalar belgilab olindi.    

Shundan so‘ng samarali faoliyat olib borayotgan, partiya g‘oyalarini targ‘ib etishda faollik ko‘rsatayotgan bir guruh partiya a’zolari O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining XI s’ezdiga delegat etib saylandi.

Konferensiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

 

F. UBAYDULLAEV,  

Z. UMRZOQOV (foto),

O‘zA