English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhim tashabbuslar yoshlarga qanot boʻlmoqda
22:55 / 2020-02-14

Birinchi yoʻnalish yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, isteʼdodini yuzaga chiqarishga qaratilgan.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning birinchi yoʻnalishi doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Birinchi yoʻnalish yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishini oshirish, isteʼdodini yuzaga chiqarishga qaratilgan. Anjumanda mazkur tashabbus doirasida masʼul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar tahlil qilindi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Badiiy akademiya, Madaniyat, Xalq taʼlimi vazirliklari, “Hunarmand” uyushmasi masʼullari amaliyotga tatbiq etilayotgan loyihalar xususida soʻzlab berdi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarida, oliy taʼlim muassasalarida yoshlar va madaniyat markazlarida “Orzuimdagi inson bilan uchrashishni istayman” loyihasi tashkil etildi. Loyiha doirasida taniqli aktyor, sportchi, rassom, yozuvchi, tadbirkorlar ishtirokida yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Shuningdek, “Modul 5“ loyihasi tashkil etildi. Unda 5 ta oʻz sohasining yetakchisi yoshlarga muvaffaqiyatga eltuvchi 5 yoʻlni chizib beradi. Loyiha bir oyda bir marta tashkil etiladi.

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablarida 2 ming 108 havaskor yoshlar teatr-studiyasi tashkil etildi. Ushbu teatr-studiyalarga 198 ming 698 oʻquvchi jalb etilgan boʻlib, ular tomonidan maktab faoliyati, ijobiy hamda salbiy oʻquvchilar obrazini ochib beruvchi sahna koʻrinishlari ijro etib borilmoqda.

Anjumanda taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan “Rassom ustaxonasida mehmonda” loyihasi hamda “Oʻzbekiston manzaralari” aksiyasi yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 5 ta muhim tashabbusni 2019-2020-yillarda amalga oshirish doirasida respublikamiz hududida faoliyat olib borayotgan 312 bolalar musiqa va sanʼat maktabida mingdan ziyod sinflar ochish rejalashtirilgan. Ayni yoʻnalishda amaliy ishlar qilinmoqda.

Bugungi kunda hududlarda 322 madaniyat markazining 153 tasida “Yoshlar klubi” faoliyati yoʻlga qoʻyilib, oʻquvchi-yoshlar jalb etildi. 2019-yilning bahoridan boshlab vokal cholgʻu ansambli, estrada xonandaligi, xoreografiya, xalq cholgʻulari yoʻnalishlari boʻyicha jami 543 toʻgarak tashkil etilib, unga yoshlar doimiy jalb etilgan.

Anjumanda bugungi kunga qadar mazkur tashabbus doirasida umumtaʼlim maktablarida qoʻshimcha 2 ming 241 toʻgarak tashkil etilib, ushbu bepul toʻgaraklarga 5 ming 600 dan ziyod oʻquvchi-yosh qamrab olingani quvonarli ekani qayd etildi.