Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhim siyosiy tadbirlar Yangi O‘zbekiston islohotlariga yuksak ishonch namunasi
16:43 / 2025-11-03

Bugun O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yakunlangan haftada yurtimiz tashqi siyosatida yuz bergan muhim tadbirlar – Serbiya va Finlyandiya Respublikalari Prezidentlarining rasmiy tashrifi hamda Samarqandda o‘tkazilgan YUNESKO Bosh konferensiyasi ahamiyati muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, ushbu xalqaro ahamiyatga molik tadbirlar dunyo hamjamiyatining Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli, jadal islohotlarga bo‘lgan yuksak ishonchi namunasidir.

Jumladan, so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Serbiya o‘rtasida strategik darajada hamkorlik rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi. Ushbu hamkorlik mamlakatimizning Yevropa davlatlari bilan aloqalarini rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘layotgani qayd etildi.  

Shuningdek, fraksiya a’zolari Samarqandda o‘tkazilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi nafaqat O‘zbekiston, balki butun jahon uchun muhim tarixiy voqea ekaniga urg‘u berdi. Ta’kidlanganidek, Samarqand — asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va bag‘rikenglik ramzi bo‘lib kelgan. Mazkur shaharda bunday nufuzli anjumanning o‘tkazilishi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirdi. Qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ochiqlik siyosati va islohotlarga bo‘lgan xalqaro ishonchning yorqin tasdig‘i.

Sessiyada Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ustuvor tashabbuslar jahon hamjamiyati ravnaqida katta ahamiyat kasb etadi. Bu tashabbuslar nafaqat ilmiy-texnologik taraqqiyotimizga, balki jamiyatdagi tenglik va barqarorlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Muhtarama Komilova, O‘zA