Muhim siyosiy jarayonlar oldi tashkil etilgan tadbir
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Prezident adminstratsiyasi vakillari rahbarligida 3 kunlik seminar-trening boʻlib oʻtmoqda.
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Prezident adminstratsiyasi vakillari rahbarligida 3 kunlik seminar-trening boʻlib oʻtmoqda.
Seminar joriy yilning dekabr oyida oʻtkazilishi lozim boʻlgan deputatlik saylovlarini tashkil etish, saylovga oid qonunchilik va saylov jarayonida vujudga keladigan masalalar yuzasidan bilim-koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida tashkil etildi.
Seminar-trening Prezident adminstratsiyasi vakillari hamda viloyatdan kelgan 8 nafar trener ishtirokida tashkil etilgan. Trening 3 kun davom etishi moʻljallangan boʻlib, unda 100 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.
Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyul kuni “Saylov qonunchiligi va zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha tizimli oʻqitish yuzasidan chora-tadbirlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingandi.
– Seminar-treningdan koʻzlangan maqsad shuki, uchastka saylov komissiyalari aʼzolarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga boʻlib oʻtadigan saylovlarni tashkil etish, saylovga oid qonunchilik va saylov jarayonida vujudga keladigan turli masalalar yuzasidan bilim va koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat, – deydi trener Toʻlqin Berdiqulov. – Bu kabi oʻqitish tartibining joriy qilinishi saylov jarayonlari ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.