Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhim siyosiy jarayonga puxta hozirlik
16:27 / 2019-10-29

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Saylov kodeksi mazmun-mohiyati, saylovga tayyorgarlik ko‘rishning huquqiy va tashkiliy jihatlariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.


Saylov – 2019

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Saylov kodeksi mazmun-mohiyati, saylovga tayyorgarlik ko‘rishning huquqiy va tashkiliy jihatlariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovni bevosita kuzatib borish uchun chet eldan 600 nafarga yaqin kuzatuvchi kelishi kutilmoqda.

Mazkur muhim siyosiy jarayonga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rish, saylovni qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etgan holda xalqaro miqyosda tan olingan me’yorlar asosida o‘tkazish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda saylov tizimini takomillashtirish, saylovlarni tenglik va oshkoralik tamoyillari asosida o‘tkazish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Saylov kodeksining qabul qilingani bu boradagi ishlar rivojida muhim huquqiy asos vazifasini o‘tayotir. Bu yilgi saylovga tayyorgarlik jarayonlari mazkur kodeksda belgilangan talablar bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

2019 yilning 26 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi tasdiqlandi. Mazkur kodeks avvalgi saylovga oid qonun, nizom va yo‘riqnomalarni birlashtirib, yaxlit tizimga keltirilgan yagona hujjat ekani bilan ahamiyatlidir.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga kodeksning mazmun-mohiyati, shuningdek, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

– Bu yilgi saylovga qaratilayotgan alohida e’tibor mazkur muhim jarayonga yanada jiddiy yondashishni talab qilmoqda, – deydi viloyat saylov komissiyasi a’zosi D.Ahmedjonov. – Seminarda qonun doirasida belgilangan vakolat va majburiyatlarimiz haqidagi bilim va ko‘nikmalarimiz yanada mustahkamlandi. O‘quv mashg‘ulotlari bo‘lajak saylov oldidan saylovga bevosita mas’ul bo‘lgan saylov komissiyalarining mas’ullari uchun muhim ahamiyatga ega.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan saylovga doir barcha savollariga atroflicha javob oldi.