French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhim masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi
15:57 / 2025-05-22

Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, shuningdek, odil sudlovga erishishda sud-ekspertlik faoliyati muhim ahamiyatga ega. Shu bois, jismoniy va yuridik shaxslarning sud ekspertiza imkoniyatlaridan foydalanishlari uchun qulay va keng sharoitlar yaratilmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida o‘tkazilgan seminarda sud ekspertiza faoliyatini takomillashtirish, sohada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Ishtirokchilarga Adliya vazirligi va X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi mas’ullari sud ekspertiza tashkilotlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni, shuningdek, amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Markazda olib borilgan tadqiqotlar va ishlanmalar natijasida, keyingi 4 yilda 20 ta yangi ekspertiza turi yaratilib, ular sud amaliyotiga kiritildi. Sud ekspertiza turlari 44 tadan 64 taga, mutaxassislik yo‘nalishlari esa 106 taga ko‘paydi. 

Tadbirda ilg‘or xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda, sud ekspertizaning yangi turlari va metodikalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha fikr almashildi va kelgusi rejalar belgilandi. 

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri.