Xalq deputatlari Olot tumani Kengashdagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, unda ko‘rsatib o‘tilgan 6 ta yo‘nalishda belgilab berilgan asosiy vazifalar xususida fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, Murojaatnoma mamlakatimizning yaqin va uzoq istiqboldagi taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim siyosiy hujjat bo‘lib, unda davlat boshqaruvi, ta’lim, iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, qonun ustuvorligi hamda yoshlar masalalari bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar aniq va ravshan bayon etilgan.

Yig‘ilishda Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlashda deputatlar oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, deputatlik guruhi yig‘ilishi kun tartibidagi asosiy masala – hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida issiqlik tizimi sozligi, ishlashi hamda xavfsizlik choralari ko‘rilganligining bugungi kundagi holati muhokamalar markazida bo‘ldi.
Yig‘ilishda mavjud muammolar, ta’lim muassasalari isitish tizimidagi ayrim nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tuzilgan rejalar ham ko‘rib chiqildi. Deputatlik guruhi a’zolari tomonidan amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.
Muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, bu borada mahalliy Kengash deputatlari oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.