Parlament va mahalliy kengashlar deputatligiga saylov kuni ham tobora yaqinlashib bormoqda. Tashkiliy masalalar va tegishli vazifalarni yana bir karra aniqlashtirish saylovning munosib o‘tishida muhimdir.
Buxoro viloyat hududiy saylov komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida dolzarb vazifalar yana bir bor muhokama qildi. Yig‘ilishda viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi M.Olimov ishtirokchilarga dolzarb masalalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

– Xususan, joriy yilning 16 oktyabr sanasidan boshlab 23 oktyabrgacha muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tadi, – deydi viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Rohila Otayeva. – Unda ma’lum sabablarga ko‘ra saylov kuni o‘z yashash manzilidan yiroqda bo‘lgan saylovchilar o‘zlarining saylash huquqlaridan foydalanib, yashash manzilidagi tegishli uchastkaga borgan holda ovoz berishlari mumkin.

Muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari respublika bo‘ylab ish kunlari soat 9:00 dan 18:00, dam olish kunlari esa 11:00 dan 17:00 ga qadar davom etadi.
Shuningdek, yig‘ilishda muddatidan ilgari ovoz berish tartibi va reglamenti, saylov jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlar va boshqa masalalar xususida ham fikr almashildi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.