FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida mamlakatimizda ijtimoiy himoya sohasida yana bir muhim qadam tashlandi. Qarorga muvofiq, “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yangi, zamonaviy yondashuv asosidagi ijtimoiy xizmatlar joriy etilmoqda.
[gallery-24445]
Mazkur dastur asosida 18 yoshdan katta bo‘lgan, mustaqil hayot kechirish imkoniyati cheklangan fuqarolarga turli ko‘rinishdagi ijtimoiy xizmatlar vaucher asosida bepul ko‘rsatilmoqda. Bu esa nogironligi yoki qarovga muhtojligi bo‘lgan fuqarolarga davlat tomonidan berilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir. Dastur doirasida taqdim qilinayotgan eng muhim xizmatlardan biri — bu uy sharoitida qarab turish xizmati hisoblanadi.
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi Manguzar mahallasida “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga xizmat ko‘rsatish markazi” o‘z faoliyatini boshladi. 20 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu zamonaviy maskanda ayni paytda 10 nafar parvarishga muhtoj keksalarga xizmat ko‘rsatilmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA