English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muharram Dadaxo‘jaeva: Shifokorlarga tajovuz uchun qonuniy javobgarlikni kuchaytirish lozim
12:01 / 2019-08-23

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muharram Dadaxo‘jaeva shu yil 21 avgust kuni Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida yuz bergan holat yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muharram Dadaxo‘jaeva shu yil 21 avgust kuni Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida yuz bergan holat yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

– Amaldagi jinoyat qonunchiligida xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimlariga nisbatan tajovuz qilish, ularga bu jarayonda tan jarohati yetkazish uchun javobgarlik choralari nisbatan yengil. Oqibatda aybdor shaxslar ayrim hollarda qilmishiga yarasha jazolanmasdan qolib ketmoqda.

Andijonda sodir etilgan ushbu voqea tibbiyot xodimlarining nafaqat sog‘lig‘i, balki ularning hayotiga nisbatan tajovuz, suiqasddir.

Shuning uchun mazkur holatda Inobatxon Ahmedovaning o‘g‘li Fayzulloning harakatlariga jinoyat qonunida nazarda tutilgan qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish jinoyati sifatida baho berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Hech kim o‘zicha birovni jazolashga, birovga nisbatan o‘zicha “hukm” chiqarishga haqli emas. Agar biror-bir holatda shifokorning aybi bo‘lsa, unga nisbatan faqatgina qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishi lozim.

Shifokorni noto‘g‘ri davolaganlikda yoki biror-bir bemorning o‘limida ayblashdan avval uning amalga oshirgan muolajalari, albatta, mutaxassislar tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganilgandan so‘ng bir to‘xtamga kelinishi kerak.

Ha, albatta, tibbiyot sohasida ham boshqa sohalardagi kabi muammolarimiz yetarli. Lekin shifokorlarimizning mehnati bilan qanchadan qancha insonning hayoti saqlanib qolinayotgani, qanchadan qancha bemor og‘ir xastaliklardan xalos bo‘layotganini ham unutmaslik zarur.