Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhandislik yo‘nalishida yuzlab startap va innovatsion loyihalar amalga oshmay qolib ketayotgani aytildi
16:39 / 2024-06-20

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda oliygohlar fundamental tadqiqotlar o‘tkazish bilan cheklangani, iqtisodiyot uchun amaliy ishlanmalar juda kamligi ko‘rsatib o‘tildi.

Muhandislik yo‘nalishida yuzlab startap va innovatsion loyihalar amalga oshmay qolib ketayotgani qayd etildi.

Sababi – oliygoh bilan sanoat o‘rtasida uzilish bor. Rektorlar korxonalarga borib, yangi texnologiyalar bilan tanishmayotgani, uskuna va dastgohlarni o‘rganmayotgani, hokim va vazirlar esa o‘rtada ko‘prik bo‘lib, buni tashkillashtirmayotgani haqida qat’iy e’tiroz bildirildi. 

O‘zA