Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhandislar maktabini tashkil etish bo‘yicha xorij tajribasi o‘rganiladi
19:12 / 2023-06-01

Bugun “O‘zatom” agentligida “Muhandislik maktablari – sanoat tarmoqlari uchun yangi zamon injenerlarini tayyorlashning muhim bo‘g‘ini” mavzuida seminar o‘tkazildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi va Energetika vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda deputatlar, vazirliklar mutaxassislari, Savdo-sanoat palatasi,“O‘zkimyosanoat” AJ va boshqa sanoat tarmoqlari xodimlari ishtirok etdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan ustuvor vazifalar haqida so‘z bordi. Ushbu hujjat ijrosi asosida tashkil etilgan tadbirda  kimyo sanoati, energetika, elektr texnikasi va transport sohalarida muhandislar maktabini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Seminar yakunida Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan muhandislar maktabini tashkil etish borasida xorijiy tajribalarni chuqur o‘rgangan holda takliflar ishlab chiqish va sohalarni rivojlantirish borasida tavsiyalar berildi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA