French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhammadqodir Toshtemirov Dohada chempion bo‘ldi
18:52 / 2025-12-25

Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha “10th Qatar Weightlifting Cup” turnirining navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi medallari soni 17 taga yetdi.

Musobaqaning bugungi dasturida -94 kg. vazn toifasida ishtirok etgan tajribali sportchimiz Muhammadqodir Toshtemirov siltab ko‘tarishda 194 kg, dast ko‘tarishda 166 kg. natija qayd etdi va ikkikurash yakuniga ko‘ra 360 kg. umumiy natija bilan uchta yo‘nalishda oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Birozdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi safida Nigora Suvonova -86 kg. vazn toifasida bahslarga kirishadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA