Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhammadaminga teng keladigani topilmadi
12:20 / 2020-12-17

Poytaxtimizdagi O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasiga qarashli "Universal" sport saroyida o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va taekvondo WT assotsiatsiyasi tomonidan o‘tayotgan musobaqaning o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida Muhammadamin Aliyev, Javohir Obidjonov, Madolimjon Tursunaliyev oltin medal bilan taqdirlandi.

Qizlar o‘rtasida esa Sabina Qahramonova, Marjona Yo‘ldosheva, Halimabonu Sobirjonova, Iroda Mirtojiyeva shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.

Ma’lumot uchun mamlakat birinchiligi 20 dekabr kuniga qadar davom etadi.