Muhammad Yusufdan oltin, Eldordan esa bronza
Islom birdamligi o‘yinlarida delegatsiyamiz a’zolari o‘zlarining yorqin g‘alabalari va qo‘lga kiritayotgan medallari bilan sport ixlosmandlarini quvontirishda davom etmoqda.
Qilichbozlikning erkaklar o‘rtasidagi rapira yo‘nalishidagi bahslarda Muhammad Yusuf Asranov finalda turkiyalik Martino Minutoni mag‘lubiyatga uchratib, yakunda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, V Islom birdamligi o‘yinlarining 100 metrga erkaklar o‘rtasida batterflyay usulida suzish dasturida hamyurtimiz Eldorbek Usmonov 53.79 soniya bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
O‘zA