Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhammad Valad Ar-Rashid: Qo‘shilmaslik harakati tamoyillarini qat’iy hurmat qilish kerak
10:40 / 2025-04-08

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 150-Asambleyasida Marokash Qirolligi vakili Muhammad Valad Ar-Rashid ham ishtirok etmoqda. U anjuman doirasida tashkil etilgan Qo‘shilmaslik harakati parlament tarmog‘i to‘rtinchi konferensiyasida so‘zga chiqib, mazkur tuzilma faoliyat boshlashiga turtki bo‘lgan omillarni himoya qilish zarurligiga to‘xtaldi. Ayni jarayonda davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish tamoyilini qat’iy himoya qilishini aytdi.

Marokash rasmiysi mamlakati xalqaro tinchlik va xavfsizlik, birdamlik, samarali hamkorlik va integratsiya qadriyatlarini mustahkamlashga asoslangan keng qamrovli strategik qarashni yoqlashini ta’kidladi.

Assambleyada ko‘tarilayotgan ijtimoiy adolatni ta’minlashdek muhim mavzular har bir shaxs huquqi ta’minlanishi uchun sharoit yaratish bilan bog‘liqligiga urg‘u berdi.

– Bugun dunyoda turli qarama-qarshilik, ixtiloflar bisyor-ki, bundan odamlar jabr chekmoqda, – deydi Muhammad Valad Ar-Rashid. – Shunday muammolar yechimi haqida 180 dan ortiq mamlakat parlamentlari vakillari yig‘ilib, fikr almashishi albatta natija beradi.

Mulozim mazkur yirik tadbir O‘zbekiston tomonidan yuksak darajada tashkil etilgani, qulay muhitda dolzarb masalalar muhokamasi davom etayotgan Toshkent assambleyasi ovozi bugun butun dunyoga taralayotganini ta’kidladi.

M.Pirmatova, O‘zA