Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhammad Rahimbiyning Buxoro amirligi tarixidagi o‘rni (“Tarixi Xumuliy” va boshqa tarixiy asari misolida)
12:37 / 2023-10-27

Mavzuna MUXIDDINOVA tadqiqotchi Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Toshkent, O‘zbekiston mavzuna.mukhiddinova@siut.uz

PDF shaklida yuklab olish

Annotatsiya

Maqolada mang‘it sulolasining birinchi amiri Muhammad Rahimbiy shaxsi, uning Buxoro taxtini egallash va uni birlashtirish siyosati xususida Qozi Vafo Karminagiy, Muhammad Sharif, Abdulazim Somiy, Muhammad Ya’qub, Mirza Shams Buxoriy, Muhammad Sharifjon o‘g‘li Sadri Ziyo hamda Jumaquli Xumuliy asarlari asosidagi ma’lumotlar keltirilgan. Bunda tarixchilarning amir va uning siyosati haqidagi o‘z qarashlari, uning  Buxoro va Samarqandda taxtga ko‘tarilish marosimlari, shuningdek, uning vafoti bilan bog‘liq qaydlar tahlil etilgan.

Tayanch so‘zlar: Buxoro amirligi, “Tarixi Xumuliy”, mang‘itlar, otaliq, amir, Abulfayzxon, Samarqand, 92 o‘zbek urug‘i, ko‘ktosh, “Gulshan ul-muluk”.