Muhammad Javed Chaudre: 2018 yil – Afg‘oniston muammosini hal etish yili bo‘lishi kerak
Pokistonlik jurnalist Muhammad Javed Chaudre O‘zA muxbiriga Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasining ahamiyati haqida so‘zlab berdi: – Afg‘onistondagi notinchlik birinchi navbatda unga qo‘shni davlatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Pokistonlik jurnalist Muhammad Javed Chaudre O‘zA muxbiriga Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasining ahamiyati haqida so‘zlab berdi: – Afg‘onistondagi notinchlik birinchi navbatda unga qo‘shni davlatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu ma’noda biz Afg‘oniston bo‘yicha rasmiy Toshkent tashabbusini qo‘llab-quvvatlaymiz, – dedi Muhammad Javed Chaudre.2018-yil Afg‘oniston muammosini hal qilishda juda muhim yil bo‘lishi kerak. Aks holda bu mamlakatdagi vaziyat yanada keskinlashib ketishi mumkin. Bu jarayonda Markaziy Osiyo davlatlari qatorida Rossiya, AQSh, Xitoy kabi davlatlar ham faol ishtirok etishi yaxshi samara beradi.
O‘zbekiston tashabbusi bilan o‘z vaqtida tashkil etilgan Toshkent xalqaro konferensiyasi ana shu juda jiddiy va nozik masalani hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.