Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhammad Jalud IWFning yangi prezidenti etib saylandi
15:52 / 2022-06-27

Albaniyaning Tirana shahrida Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining (IWF) navbatdagi kongress yig‘ilishida tashkilotning yangi prezidenti saylandi.

Unga ko‘ra, shu paytgacha Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan asli iroqlik Muhammad Jalud IWFning prezidenti etib saylandi.  

Aytish lozimki, Muhammad Jalud og‘ir atletikada katta tajribaga ega. 13 yil ushbu sport turi bilan shug‘ullangan. 26 yil mobaynida og‘ir atletika sport tizimida faoliyat yuritgan. So‘nggi besh yil davomida IWF bosh kotibi vazifasini bajargan.  

Saylovlar natijasida, shuningdek, tashkilot bosh kotibi lavozimiga perulik Xose Xinones saylandi.  

Bundan tashqari, kongressda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining bir qator tuzilmalaridagi ishlar, yaqin kelajakdagi musobaqalar taqvimi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA