Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhammad Ismoil: “Ko‘ksimni kuydirgan alanga!” (+video)
12:40 / 2024-10-10

Kitob — hayot hikmatlarini o‘rgatuvchi javohirlar sandig‘i. U kishida ota-onaga mehr-muhabbat, el-yurtga sadoqat, Vatanga muhabbatni ongu shuurga singdiradi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Muhammad Ismoilning “Ijod nashr” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Boshimdagi tojim onam” va shoir ijodi haqida zamondoshlari fikrlari jamlangan “Qatorda noring bo‘lsa”, “Ochiq osmon ostida” nomli kitoblarning taqdimoti hamda “Ko‘ksimni kuydirgan alanga!” deb nomlangan adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida o‘zbek adabiyotining yorqin namoyondalari shoirning ijodiga alohida chizgilar berib, har bir kitob jamiyat va yoshlar uchun haqiqiy qo‘llanma bo‘lishini ta’kidlab o‘tishdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/UBDzaWVUCbI?si=9qnYyc_B1xfTjBpK" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov O‘zA