Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhammad Fuzuliyning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimoti o‘tkazildi
17:52 / 2025-12-11

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Muhammad Fuzuliyning "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unga shoirning avval hech qayerda e’lon qilinmagan asarlari ham kiritilgan.

Tadbirda taniqli davlat va jamoat arboblari, shoirlar, yozuvchilar, olimlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Jahon turkiy adabiyotining benazir siymolaridan biri, buyuk ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliy zarofat, fasohat va hikmat sohibi bo‘lgan valiy zotdir.  

Shoir she’riyati barcha turkiy xalqlar orasida tarjimasiz holda sevib o‘qiladi. Jumladan, o‘zbek xalqi uchun ham adib she’riyati, xususan, «Layli va Majnun» dostoni g‘oyat sevimli va qadrlidir.

“Tanlangan asarlar” saylanma kitobini nashrga tayyorlashda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasida 00214-inventar raqami bilan saqlanayotgan nasta’liq xatidagi “Devoni Mavlono Fuzuliy” asaridan, yana 00481-inventar raqami hamda 640-tartib raqamida saqlanayotgan “Devoni Fuzuliy” qo‘lyozma asarlaridan istifoda etildi.  

Shuningdek, Turkiyaning Sulaymoniya kutubxonasida 518/1-3-raqamda saqlanayotgan “Devoni Fuzuliy alayhir-rahma” qo‘lyozma kitobi ko‘chirma nusxasidan hamda Saidjon Toshmuhamedov xonadonida saqlab  kelingan “Devoni Fuzuliy ma’a Laylo va Majnun” toshbosma asaridan foydalanildi.  

N.Usmonova, O‘zA