Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali faoliyatini tugatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali faoliyatini tugatish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali faoliyati 2024/2025 o‘quv yili yakunlanganidan so‘ng tugatiladi.
Qarorga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshlangunga qadar Universitetning Nurafshon filiali talabalari o‘qishini Universitetning tegishli kurslariga belgilangan tartibda ko‘chirish ishlari tashkil etiladi.
O‘zA