Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab imtihonlari qoldirilganmi?
16:15 / 2020-07-27

“2019-yil dekabr oyida ushbu oʻquv dargohining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabda 2020-2021 oʻquv yili uchun qabul imtihonlari boʻladimi?

Bu savolga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi Sherzod Axmatov javob berdi:

“2019-yil dekabr oyida ushbu oʻquv dargohining zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Ayni paytda maktabda 680 nafar oʻquvchi 5 – 11 sinflarda taʼlim olmoqda.

Mazkur maktabga 5-sinfdan oʻquvchilar qabul qilinadi. Maktab matematika, informatika, fizika va ingliz tili fanlariga ixtisoslashtirilgan boʻlib taʼlim oʻzbek tilida olib boriladi.

2020-2021 oʻquv yiliga oʻquvchilarni qabul qilish imtihonlarini kelgusi yilga qoldirilgan.

Agarda ushbu jarayonda oʻzgarishlar yuz bersa albatta rasmiy maʼlumotlar ommaviy axborot vositlari, rasmiy veb saytimiz orqali maʼlumotlar tarqatamiz”.