Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muhabbat Yo‘ldosheva "O‘z kasbining fidoyisi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi
10:21 / 2024-09-23

Yozuvchi, jurnalist va tarjimon, bugungi kunda 50 dan ortiq kitoblari adabiyot muxlislari mehrini qozongan Muhabbat Yo‘ldosheva Ilm-ma’rifat markazi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari hamkorligida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovda "O‘z kasbining fidoyisi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Aytish kerakki, Muhabbat Yo‘ldosheva adabiyot muxlislariga fantast-yozuvchi, jurnalist, ssenarist, kinotarjimon sifatida yaxshi tanish. 

Muhabbat opa 1964 yil 22 mart kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent Politexnika instituti - hozirgi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining tog‘-metallurgiya fakultetini bitirgan (1987). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi (1989 yildan).

Muhabbat Yo‘ldoshevaning fantastik hikoya va ertaklari ingliz, serb, hind, bengal, koreys, qozoq, xitoy, ukrain, belarus, vetnam va rus tillariga tarjima qilingan. 

Asarlari Misr, AQSH, Xitoy, Janubiy Koreya, Angliya, Pokiston, Ukraina, Qozog‘iston, Vetnam va boshqa mamlakatlarda nashr qilingan. 

Muhabbat Yo‘ldosheva Moskvada o‘tkazilgan “Belaya Srijal” I Xalqaro hikoyalar tanlovida bolalar adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan. 

2013 yilda Janubiy Koreyada o‘tkazilgan O‘rta Osiyo mamlakatlari xalqlarining miflari, ertaklari va afsonalari asosidagi ssenariylar Xalqaro tanlovida “Ko‘hi-Qof shahzodasi” nomli badiiy film ssenariysi bilan 1-o‘rinni egallagan. 

2022 yilda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Ayolga ehtirom” adabiy tanlovining g‘olibi bo‘lgan. 

N.Usmonova, O‘zA