Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Muhabbat qasri bilan uchrashuv" (+video)
08:17 / 2023-11-27

Oʻzbekiston jurnalistlari uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi delegatsiyasi Hindistonda ijodiy safarda ekani xaqida avval xabar bergandik. Ular Hindiston jurnalistlari assotsiatsiyasi – Xalqaro matbuot klubida boshqaruv aʼzolari bilan uchrashdilar va oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qilib memorandum imzoladilar.

Fargʻona jurnalistlari delegatsiyasi Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasida rasman qabul qilindi. Oʻzbekistonning Hindistondagi muvaqqat ishlar vakili Aziz Baratov bilan va mamlakatning 23 nafar eng yirik televideniya, bosma nashr, axborot agentligi va internet saytlari rahbar vakillari bilan uchrashib matbuotning siyosiy jarayonga taʼsiri masalalarini muhokama qildilar. “Oʻzbekistonning 2030-yilgacha strategiyasi” taqdimotida qatnashdilar. 

Shundan soʻng Fargʻona jurnalistlari Dehli, Jaypur, Fotihnur shaharlaridagi Boburiylar qoldirgan koʻplab qalʼa va saroylar, tarixiy obidalar bilan tanishdilar. Navbatdagi manzil – Agra shahri edi. Bu yerda Akbarshoh va uning farzandlari bunyod etgan qizil qalʼa sayohatida boʻldilar. 

Nihoyat, orziqib kutilgan Tojmahal darvozalari Fargʻona jurnalistlariga eshiklarini ochdi. Tojmahal moʻjiza emas, sevgi, vafo, sadoqatga bagʻishlangan abadiy qoʻshiq edi. Shohjahonning Mumtozmahalga boʻlgan muhabbat qoʻshigʻi edi. 

- Ushbu infotur biz jurnalistlar uchun juda ahamiyatli boʻldi. Tarixiy obidalar dunyoda koʻp. Lekin muhabbatga atalgani faqat bitta. U ham boʻlsa Tojmahaldir. Tojmahalni koʻrib buyuk muxabbat tarixini his qildik, - deydi telemuxbir Gulnora Gʻiyosova. 

- Yana bir bor amin boʻldimki, jurnalistlar dunyo kezishi kerak ekan, - deydi Markaziy Fargʻona gazetasi redaktori Azimjon Xudoyqulov. 

Fargʻonalik jurnalistlarning yaqin doʻsti ustoz Farmon Toshev ham guruhda Hindistonga hamsafar boʻldilar. 

- Oʻz davrida, shohlik paytida Bobur hazratlari qirgʻoqlarida sayr qilgan Jamma daryosi boʻyidamiz. Boburiylar avlodi Shohjahon Tojmahalni nega yaratdi? Chunki uning xalqimizga sadoqati va muhabbati yuksak edi. 

Bu aslida oddiy koshona emas, 
Tuygʻular rangidan yaralgan makon. 
Jismi yerga tushdi, ammo yuragin 
Shu yerga qoʻygandi oshiq Shohjaxon.

 <iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ejpjwfgi7Cs" title="“Muhabbat qasri bilan uchrashuv”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Muhammadjon Obidov,

Elyor Olimov (video), O‘zA

Hindiston Agra