Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mug‘ol qishlog‘i muammolari ijobiy hal etilmoqda
11:24 / 2025-02-18

Rasmiy munosabat

Joriy yil 6 fevralda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining saytida “Mug‘ol qishlog‘i muammolari qachon o‘z yechimini topadi?” sarlavhali tanqidiy maqola chop etilgandan so‘ng, Zomin tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan vaziyat to‘liq o‘rganib chiqildi.  

Tumandagi “Shirin” QFY hududida joylashgan Mug‘ol qishlog‘ida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” tamoyili asosida eskirgan elektr simyog‘ochlari o‘rniga 132 dona temir-beton tayanch ustuni o‘rnatildi. 4,5 kilometr uzunlikda zamonaviy SIP2 3X35 markali kabel orqali elektr uzatish tarmog‘i tortish ishlari oxiriga yetkazilmoqda.  

Shuningdek, qishloqda 2 dona yangi transformator o‘rnatish choralari ham ko‘rib chiqilmoqda. Qisqa fursatlarda ushbu muammo bartaraf etiladi.  

Ayni vaqtda xonadonlarning elektr hisoblagichgacha bo‘lgan qismida kiruvchi kabellarni tortish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, hududdagi 45-sonli maktabga 8 tonna sifatli ko‘mir yetkazib berilib, maktabni isitish borasidagi muammo bartaraf etildi.

Ushbu tanqidiy maqolada keltirilgan  qishloq aholisining chorva mollari uchun yaylov hamda qabriston uchun qo‘shimcha yer maydoni ajratish borasidagi masala mutasaddilar tomonida o‘rganib chiqilmoqda.

Hududdan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining tegishli joylariga svetofor va radarlar o‘rnatish, qatnovni tartibga solish hamda yo‘l bilan bog‘liq boshqa muammolar o‘rganilib, tegishli ravishda hal etilishi belgilandi.

Mug‘ol qishlog‘i muammolarini bartaraf etish ishlari Zomin tuman hokimligi mutasaddilari tomonidan nazoratga olindi.

Zomin tuman hokimligi

axborot xizmati.

O‘zA