English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mudofaa vazirligiga qarashli yer maydonlarida pilla yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi
11:38 / 2023-08-07

"O‘zbekipaksanoat" uyushmasida Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i M.Xudoyberganov hamda uyushma raisining birinchi o‘rinbosari M.Hakimovlar o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi yerlarda tutchilik plantatsiyalari tashkil etish, tarmoqda pilla yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yaratish masalalari muhokama etildi.  

Shunga ko‘ra, kelgusida yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha vazirlik hamda uyushma o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash yuzasidan kelishib olindi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA