English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mudofaa vazirligida Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:52 / 2021-04-22

22 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi mudofaa masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi, Rossiya qahramonlari assotsiatsiyasi prezidenti Vladimir Shamanov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi.

Delegatsiya a’zolarini dastlab O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov qabul qildi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ma’lumki, bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik ham yangi bosqichga ko‘tarilib boryapti. Albatta, bu har ikki tomon uchun ham o‘z samarasini bermay qolmaydi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani markazi Gagarin shahrida insoniyat tarixida birinchi marotaba ochiq koinotga parvoz qilgan kosmonavt Yuriy Gagarin sharafiga qurilgan muzeyning ochilish marosimida ham ishtirok etadi.

Mehmonlar shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy aviatsiya bilim yurti va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida bo‘ladi.

Islom QO‘CHQOROV,

Mudofaavazirligi Axborot va

ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xodimi.