Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mudofaa vazirligi matbuot anjumanida eng so‘nggi yangiliklar ma’lum qilindi
14:17 / 2020-12-12

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida «Mudofaa vazirligi tomonidan yoshlarda milliy g‘urur, ona yurtga sodiqlik, vatanparvarlik va millatparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish borasida tashkil etilgan ishlar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida yil davomida amalga oshirilgan chora-tadbirlar sarhisobi hamda kelgusidagi faoliyat istiqbollari xususida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida tizimli ishlar olib borish harbiy okruglar qo‘mondonlari va harbiy qismlar komandirlari, barcha toifadagi harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat kabi o‘ziga xos vazifasiga aylanib ulgurdi hamda Qurolli Kuchlar tarkibiy tuzilmalari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda yangi ishlar mexanizmi yaratildi.

– bugungi kunga qadar 9 mingdan ziyod umumta’lim maktabi harbiy qismlarga biriktirildi, – deydi vazirlikning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Hasan Xalilov. – Jumladan, umumta’lim maktablarida 6 074 ta chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik sinfi zarur jihozlar bilan ta’minlandi. Poligonlardagi jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari va taktik o‘quvlariga 30 575 dan ortiq yoshlar jalb etildi. 

Profilaktik hisobda turgan hamda salbiy illatga moyil yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning farzandlari uchun «Er yigitning er yigitga aytgan gapi ta’sirli bo‘ladi» g‘oyasi ostida 500 dan ortiq “harbiy qismda bir kun” shiori ostida vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha 940 ta turli intellektual, sport va san’at to‘garaklari tashkil etilib, ularda 23 423 nafar yoshlar ishtirok etmoqda. 

Shuningdek, Xalq ta’limi va Maktabgacha ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda harbiy qism va muassasalarga ekskursiyalar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, sport musobaqalari, targ‘ibot aksiyalari tashkil etildi. Natijada respublika bo‘yicha ichki ishlar organlarida profilaktik hisobida turgan 45 956 nafar yoshdan 2020 yilning o‘tgan davrida 30 877 nafari (67 foizi) profilaktik hisobdan chiqarilishiga erishildi.

Anjumanning savol-javoblar qismida eng dolzarb masalalar o‘rtaga tashlandi. Yakunda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

 

Dilshod RO‘ZIQULOV,

Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy

kommunikatsiyalar departamenti