French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mudofaa vazirligi bokschilari medal jamg‘arishda tengsiz
09:44 / 2026-01-23

Toshkent shahridagi "Olimpiya shaharchasi"da boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada qayd etilgan natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Mudofaa vazirligi jamoasi "Eng yaxshi terma jamoa" deya e’tirof etildi. Shuningdek, farg‘onalik bokschilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan ikkinchi, Samarqand jamoasi esa 2 ta oltin va 2 ta kumush bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Aziza Zokirova eng yaxshi ayol bokschi bo‘ldi. Samandar Olimov "Eng yaxshi erkak bokschi" nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada erkaklar o‘rtasida Asilbek Jalilov, Samandar Olimov, Abdurahmon Mahmudjonov, Adhamjon Muhiddinov, Havasbek Asadullayev, Javohir Abdurahimov, Rahmatullo Boymatov, Jasurbek Yo‘ldoshev, Madiyar Saidrahimov, Jahongir Zokirov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasida esa Farzona Fozilova, Feruza Kazakova, Nigina O‘ktamova, Xumorabonu Mamajonova, Sitora Turdibekova, Navbahor Hamidova, Aziza Zokirova, Aysenem Saruarova, Ruxshona Parpiyeva, Oltinoy Sotimboyeva kabi charm qo‘lqop ustalari chempionga aylandi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA