Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mudofaa vaziriga yangi matbuot kotibi tayinlandi
08:35 / 2026-03-05

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining tegishli buyrug‘i bilan podpolkovnik Fattaxov Ulug‘bek Abduraimovich mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ulug‘bek Fattaxov tayinlovga qadar Mudofaa vazirligida boshqarma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi kommunikatsiyalar departamenti hamda Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.