Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mudofaa vaziri o‘rinbosarlari va qo‘mondonlar Ikkinchi jahon urushi faxriylariga Prezident tabrigi va sovg‘alarini yetkazmoqda
13:12 / 2023-12-29

Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda mahalla faollari poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi Xayeva Ribakova hamda Zeytuna Muratova xonadonlarida bo‘lib, Yangi yil bayrami munosabati bilan Prezidentimiz yo‘llagan tabriklarni o‘qib eshittirib, ajratilgan moddiy yordam pullari va qimmatbaho sovg‘alarni topshirishdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.  

90 yoshni qoralab, mahalladoshlari, yaqinlari ardog‘ida yashab kelayotgan onaxonlar ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi. Ta’kidlash kerakki, ibratli hayot sohibalari yurtimizda hayotning tobora yaxshilanishi uchun amalga oshirilayotgan ishlarni atrofdagilarga, ayniqsa, yoshlarga to‘g‘ri tushuntirib, oilani, Vatanni ardoqlash, tinchlikni asrab-avaylash, pok va halol mehnat qilish, doimo ilm va bilimga intilish inson baxtining eng asosiy omillari ekanligini qayta-qayta uqtirib keladi.  

Bu kabi yo‘qlovlar yurtimizdagi barcha harbiy okruglarda qo‘mondonlar, ularning o‘rinbosarlari, harbiy muassasalar boshliqlari tomonidan amalga oshirilmoqda.  

O‘zA