English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i korrupsiyaga yo‘l qo‘ymadi
16:45 / 2025-03-14

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida Prezidentimizning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashi yig‘ilishidagi topshirig‘iga binoan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

Gap shundaki, mudofaa ishlari bo‘limida tibbiy ko‘rikdan o‘tish vaqtida fuqaro T. M.ga o‘g‘li S.N.ning «o‘t qopida» tosh borligi sababli vaqtincha xizmatga yaroqsiz deb topilganligi bo‘yicha tushuntirishlar berilganiga qaramasdan fuqaro T.M. farzandini qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga harakat qilgan.

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.M. farzandini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va muddatli harbiy xizmatga jo‘natib berish evaziga tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i mayor T.H va chaqiruv bo‘limi boshlig‘i xizmatchi E.Uga 2 500 000 so‘m pul mablag‘ini berishga harakat qilayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti ma’lumotida.

Tuman mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i esa vazifasini vijdonan bajargani uchun pul mukofoti bilan taqdirlandi. Qurolli Kuchlarimiz saflarida har qanday jinoyatchilikka tik qaray oladigan halol va vijdonli harbiy xizmatchilarning borligi barchamizni quvontiradi.

A.RUSTAMOV, O‘zA