Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mudofaa bo‘limi uchun zamonaviy bino barpo etildi
11:39 / 2025-09-12

Mamlakatimizda Mustaqillikning 34 yillik bayrami katta xursandchilik bilan nishonlanayotgan shu kunlarda Sardoba tumanida aholini quvontirgan yana bir muhim voqea ro‘y berdi. Tumanda Mudofaa ishlari bo‘limi uchun zamonaviy va qulay yangi bino barpo etilib, foydalanishga topshirildi. Bu inshoot sardobaliklar uchun chin ma’noda bayram tuhfasi bo‘ldi.

Loyiha qiymati 3 milliard 224 million so‘m bo‘lib, qurilish va jihozlash ishlarini viloyatdagi  “O‘chmas nur” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari amalga oshirdi. E’tiborli jihati, yangi bino tuman mudofaa bo‘limi xodimlari uchun zarur jihozlar bilan to‘liq ta’minlandi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat va tuman hokimliklari vakillari, nuroniylar, faxriylar, Mudofaa ishlari bo‘limi xodimlari hamda yoshlar ishtirok etishdi. Chiqishlarda mamlakatimizda so‘nggi yillarda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va ijtimoiy islohotlar haqida so‘z yuritilib, yangi bino ana shu ezgu ishlar davomi ekani ta’kidlandi.

Ishtirokchilar yangi bino imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, unda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, qulay mehnat muhiti va texnik jihozlarni yuqori baholadilar.

Mazkur inshoot kelgusida tuman aholisi, ayniqsa, yoshlarni vatanga sadoqat va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, safarbarlik tayyorlov ishlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Gulom Primov, O‘zA muxbiri