Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mudofa vazirligi tizimida tayinlovlar
16:33 / 2025-07-30

General-mayor Shermatov Farhodjon Ortiqovich O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

General-mayor Shermatov Farhodjon Ortiqovich ushbu tayinlovga qadar Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan.

***

Polkovnik Tursunov Kadirjon Abdipattayevich Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Tursunov Kadirjon Abdipattayevich ushbu tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

***

Polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

***

Polkovnik Abdulla Adxamovich Xamrayev O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

***

Podpolkovnik Rahimov Baxtiyor Nematovich O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

***

Tibbiy xizmat polkovnigi Rasulov Ulug‘bek Abdugafurovich O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, amalga oshirildi.