English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarning qasamyod qilish marosimi o‘tkazildi
12:00 / 2022-04-25

Toshkent viloyati hududida joylashgan harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarning qasamyod qilish marosimi o‘tkazildi.

– Mustaqilligimizning dastlabki yillarida yurtimizdagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatni o‘taganman. Bir oylar atrofida o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashganimizdan so‘ng qasamyod qilganmiz. Hech esimdan chiqmaydi, qasamyod qilgan kunimiz ko‘pchilik qatori mening ham ota-onam kelgan edi. U paytlari tartib qattiq edi, askarlar yaqinlarini harbiy qism hududiga osonlikcha kiritavermas edi. Ota-onam qishloqdan qasamyod qilishimni ko‘rish uchun yetib kelgan bo‘lsada, o‘sha unutilmas va hayajonli lahzalarga guvoh bo‘lmagan. Hozir bu borada muammo yo‘q, xalq bilan armiya bir-biriga ancha yaqinlashgan, – dedi marosimda so‘zga chiqqan Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari Xolmurod Salimov.

Tadbirning asosiy qismida chiroyli saf tortib turgan harbiy libosdagi yigitlar qasamyod qilishga kirishdi.

– O‘tgan yili tumandagi pedagogika va servis kollejini bitirdim, – deydi namanganlik Samandar Mo‘minov. – Ikki yil qo‘l jangi bilan shug‘ullandim. Jismoniy tayyorgarligim yaxshiligi tufayli chaqiriluvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan sinovlarda yuqori ball to‘pladim. Mana, sinovlardan o‘tib, xizmatni ham boshladik. Maqsad – bildirilgan ishonchni oqlash, elu yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilish, qolaversa, xizmatni shartnoma asosida davom ettirish.

Tadbir yakunida yangragan kuy-qo‘shiqlar raqslarga ulandi.  

O‘zA