Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muddatli harbiy xizmatchilarga imkoniyat
19:25 / 2026-02-06

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyatida Mudofaa vazirligiga qarashli qo‘mondonlik va viloyat Kasbiy ta’lim boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kelishuvga muvofiq, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi ta’minlanadi.

[gallery-27515]

Memorandumning asosiy maqsadi muddatli harbiy xizmatchilarni amaliy kasblarga o‘qitish, axborot texnologiyalari va kompyuter savodxonligi bo‘yicha bilimlarini oshirish, xizmatdan so‘ng ularning ishga joylashishi yoki o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashishdan iborat.

Hujjatga asosan, muddatli harbiy xizmatchilar “Axborot texnologiyalari”, “Payvandlash ishlari”, “Chilangarlik ishlari” yo‘nalishlarida ikki oylik o‘quv kurslarida kasbga o‘qitiladi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA