Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi
13:19 / 2026-01-19

Respublikamizda Qurolli Kuchlar safidagi muddatli harbiy xizmatchilar uchun imtihonlar boshlandi. Ayni vaqtda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bilim va malakalarni baholash agentligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, test sinovlari muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirganini yakuniy baholash bo‘yicha tashkil etilmoqda.

Test sinovlarida 40 ta jangovar tayyorgarlik, 20 ta ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 ta matematika, 10 ta fizika fani bo‘yicha va 20 ta mantiqiy test topshiriqlari beriladi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA