FOTOREPORTAJ
Jizzax garnizonida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning keyingi hayot yo‘lida imkoniyat yaratuvchi imtiyozli tavsiyanomalar uchun test sinovlari tashkil etildi.
Test jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi qo‘shinlarda belgilangan tartib va talablar asosida, ochiqlik, shaffoflik hamda adolat prinsiplariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazildi. Barcha ishtirokchilar uchun teng shart-sharoitlar yaratildi va baholash mezonlariga qat’iy amal qilindi.
[gallery-27200]
Test sinovlari jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, matematika, fizika fanlari va mantiqiy test savollarini qamrab oldi. Jami 100 ta savoldan iborat sinovda barcha savollarga to‘g‘ri javob berish orqali maksimal 110 ball to‘plash mumkin bo‘lib, test uchun 3 soat vaqt ajratildi.
Har yili xizmat burchini vijdonan va namunaviy ado etgan, testda yuqori natija ko‘rsatgan muddatli harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda qo‘shimcha imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar taqdim etiladi. Ushbu tavsiyanomalar 3 yil mobaynida amal qiladi.
Mazkur tizim yosh askarlarning bilim va salohiyatini oshirish, oliy ta’limga intilishini qo‘llab-quvvatlash va Vatanga sadoqat bilan xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar mehnatini rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda.
Jamshid YORBEKOV(surat),O‘zA