Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muddatli harbiy xizmatchilar tavsiyanoma olish uchun sinovdan o‘tmoqda
10:58 / 2026-01-25

FOTOREPORTAJ

Sharqiy harbiy okrug qarashli harbiy qism va muassasalarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli ravishda kirish imkonini beruvchi tavsiyanomalarni qo‘lga kiritish maqsadida test sinovlarida ishtirok etmoqda.

Xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining Farg‘ona viloyati bo‘limida o‘tkazilgan test sinovlari askarlarning bilim va tayyorgarlik darajasini xolisona baholash maqsadida tashkil etildi.

Test jarayonlari davomida muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligi, shuningdek, matematika va fizika fanlari bo‘yicha bilimlari hamda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

[gallery-27293]

Ta’kidlash joizki, har yili o‘z xizmat burchini vijdonan ado etgan, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda munosib natijalarga erishgan, shuningdek, test sinovlarida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan muddatli harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar taqdim etiladi. Bu imkoniyat yosh askarlarning bilimga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirib, ularning kelajakdagi kasbiy va shaxsiy rivoji uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA