Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muborakda xalqaro biznes forum boshlandi
17:59 / 2019-09-06

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida xalqaro biznes forum oʻtkazilmoqda.


Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida xalqaro biznes forum oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish boʻyicha oʻtkazilgan selektor yigʻilishi topshiriqlariga asosan tashkil etilgan xalqaro biznes forumga 20 dan ortiq davlatlardan taklif etilgan 30 dan ortiq xorijiy investorlar ishtirok etmoqda.

Mazkur Xalqaro biznes forumi doirasida sanoat, qishloq xoʻjaligi, meva-sabzavotchilik, xizmat koʻrsatish sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan bir qator xorijiy investorlar ishtirok etishlari belgilangan.

Shuningdek, forum davomida viloyatda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi zamonaviy istiqbolli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha 20 dan ortiq 43,5 mln.dollarlik shartnomalarni imzolash rejalashtirilmoqda.