French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muborakda xalqaro biznes forum boshlandi
17:02 / 2019-09-06

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida xalqaro biznes forum o‘tkazilmoqda.


Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida xalqaro biznes forum o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi topshiriqlariga asosan tashkil etilgan xalqaro biznes forumga 20 dan ortiq davlatdan taklif etilgan 30 dan ziyod xorijiy investor ishtirok etmoqda.

photo5444906006405557152.jpg

Mazkur Xalqaro biznes forumi doirasida sanoat, qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavotchilik, xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritib kelayotgan bir qator xorijiy investorlar ishtirok etishlari belgilangan.

Shuningdek, forum davomda viloyatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi zamonaviy istiqbolli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 20 dan ortiq 43,5 million dollarlik shartnomalarni imzolash rejalashtirilmoqda.