Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muborakda ma’naviyat maskani ish boshladi
16:05 / 2023-08-04

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida zamonaviy binoda qad rostlagan ma’naviyat va ma’rifat maskani faoliyat boshladi.

Binoning tantanali ochilish marosimida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari Lola Saodatova va boshqalar ishtirok etib, mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifat sohasiga qaratilayotgan e’tibor, ushbu maskan yoshlarning ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.  

Ta’kidlash lozimki, Davlat rahbarining 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida tumandagi foydalanilmayotgan bo‘sh turgan binoda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan ushbu maskanda rahbar va mutaxassis xonalari, kutubxona, yig‘ilishlar zali tashkil etilib, tuman bo‘linmasi ixtiyoriga berildi. Bu yerda shuningdek, Qashqadaryodan birinchi bo‘lib O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan Bo‘ron Ro‘ziyev, Qobil Mo‘minov faoliyati aks etgan burchak ham tashkil etiladi.  

Ma’lumot o‘rnida Qashqadaryo viloyatida ma’naviyat va ma’rifat maskanlari soni 10 taga yetdi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.