Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muborak tumaniga 53 million dollar investitsiya kiritildi
17:07 / 2020-11-03

Qashqadaryo viloyati Muborak tumaniga «NTCS EXTRUSION GROUP” (Rossiya-Angliya) xorijiy korxonasi tomonidan 53 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritildi.


Qashqadaryo viloyati Muborak tumaniga «NTCS EXTRUSION GROUP” (Rossiya-Angliya) xorijiy korxonasi tomonidan 53 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritildi.

Ushbu investitsiya hisobiga qishloq xoʻjaligi sohasida foydaniladigan mineral oʻgʻit (serabentonit, serakarbomid, seravodorod) ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Natijada 200 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Mazkur korxona tomonidan loyihani amalga oshirish uchun tumandagi “Konchilar” mahalla fuqarolar yigʻini sanoat zonasi hududida joylashgan “Agrokimyoximoya” XAJ ga qarashli boʻlgan “Omborxona” binosi sotib olingan boʻlib, hozirda loyihaning qurilish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda 53 million dollar miqdoridagi uskunalar Kashkadaryo viloyati Muborak tumaniga kirib keldi. Ushbu loyihani qisqa muddatlarda ishga tushirish moʻljallanmoqda.

Eng muhimi mazkur loyiha ishga tushurilgach tumanda import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.