Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muborak Ramazon oyi munosabati bilan arzonlashgan yarmarkalar ish boshladi
10:35 / 2026-02-17

Prezidentimiz kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkalarini boshlash yuzasidan tegishli topshiriqlar bergan edi.

Surxondaryo viloyatida mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash uchun 15 ta dehqon (oziq-ovqat) bozori va savdo majmuasida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi tashkil etildi. 

Saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi bo‘lgan muqaddas oyda ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlab, aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan yarmarkada barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bozordagiga nisbatan arzon narxlarda taklif etilmoqda. Jumladan, Angor markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozorida ish boshlagan yarmarkada mahalliy guruch 8-15 ming so‘mdan, mol go‘shti 80, qo‘y go‘shti 88 ming, tuxumning donasi ming so‘m, olma 12 ming so‘mdan savdoga chiqarilmoqda. Shuningdek, Termiz shahri va boshqa tumanlarda faoliyat yuritayotgan yarmarkalarda ham kunlik savdoga chiqarilayotgan asosiy turdagi mahsulotlar narxi va sifatiga alohida e’tibor qaratilib, hokim va boshqa mutasaddilar qat’iy nazorat qilmoqda. 

Viloyatdagi arzonlashgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi aholiga fazilatli oy yakunigacha xizmat ko‘rsatadi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri