Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Muborak kunlarda bemorlar bepul davolanadi
17:22 / 2026-02-26

Qaror va ijro

Prezidentimizning 2026-yil  17-fevraldagi “Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent viloyatidagi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan (Kambag‘al, kambag‘allik chegarasidagi hamda davlat ta’minotidagi) oilalarga turli yo‘nalishlarda yordamlar ko‘rsatilyapti.  

Xususan, bu toifadagi fuqarolar orasidan yuqori texnologik operatsiyaga muhtoj 118 nafar bemor tuman-shahar tibbiyot birlashmasidagi tibbiy tanlov komissiyasi tomonidan o‘rganilib, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlar ro‘yxati shakllantirildi. Bugungi kunda ulardan elektron yo‘llanma berilgan 4 nafari klinikaga yotqizilib,, 6 nafarida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 2 nafari respublikaga darajasidagi shifoxonalarga yuborildi.

Bugungacha “Vaqf” xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan joylardagi 106 nafar bemorga vaucherlar tarqatildi. Ularning hududiy tibbiyot birlashmasi boshliqlari va viloyat shtabi nazorati ostida davolanishi yo‘lga qo‘yilgan.

— Muhimi, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotiga muhtoj bemorlarning 85 foizi viloyat tibbiyot muassasalarining o‘zida davolanishi rejalashtirilgan bo‘lib, navbatma-navbat yotqizilmoqda. Shu bilan birga, hududda maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hamkor tashkilotlar birgalikda joylardagi aholining tibbiy murojaatlarini o‘rganmoqda. Hozirgi kunda qo‘shimcha 125 nafar bemor ro‘yxati shakllantirilgan. Kelgusida ularga ham tegishli tibbiy muolajalar qilinadi, — deydi Toshkent viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Feruza Rahmatullayeva.

A. Musayev, O‘zA